Terma jamoada o‘ynagan futbolchi vafot etdi

  • 9 dekabr, 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Anderlext” klubi va Belgiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Glen De Buk miyaga qon quyilishi oqibatida 54 yoshida olamdan o‘tgan.

Tecno

RMC Sport xabar berishicha, u Antverpen shahrida vafot etgan.

Oila a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, sobiq futbolchi uyida bo‘lgan paytda miyasiga kuchli qon quyilgan, shundan keyin u chuqur komaga tushgan va hushiga kelmasidan joni uzilgan.  

Glen De Buk o‘z faoliyatida davomida Belgiya terma jamoasi safida 36 ta o‘yinda maydonga tushgan va bitta gol urgan.

Himoyachi pozitsiyasida o‘ynagan Glen o‘z yurtida “Mexelen” va “Anderlext” klublari sharafini himoya qilgan. “Anderlext” tarkibida uch karra mamlakat chempioni va ikki marta Belgiya Superkubogi sohibi bo‘lgan.

Professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin Glen de Buk murabbiylikka kirishgan. Bu mutaxassis Belgiya va Niderlandiyada sakkizta jamoada murabbiylik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!