Terma jamoamiz Olmaliqda Hindiston va Belarusga qarshi o‘ynaydi

  • 20 mart, 2021, 21:08
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayollar o‘rtasidagi "Osiyo kubogi-2022" saralash bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 29 martdan 12 aprelga qadar Olmaliq shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Ikki hafta davom etadigan mazkur yig‘in davomida Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz Hindiston va Belarus vakillariga qarshi maydonga tushadi.

5 va 11 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlariga OKMK stadioni mezbonlik qiladi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari

5 aprel
O‘zbekiston – Hindiston

8 aprel
Hindiston-Belarus

11 aprel
O‘zbekiston – Belarus

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!