Terma jamoamiz sardori yarim finaldagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

  • 15 mart, 2023, 22:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

U20 Osiyo chempionati yarim finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Koreya Respublikasi terma jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng, terma jamoamiz sardori Umarali Rahmonaliev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Avvalambor g‘alaba bilan barcha muxlislarni, butun xalqimizni tabriklayman. Oldimizda yana bir o‘yin kutib turibdi. Ushbu uchrashuvda ham borimizni berib, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Bor kuch-g‘ayratimizni ishga solamiz. Bizni qo‘llab-quvvatlab, bizga ko‘mak berib turgan muxlislarga mingdan-ming rahmat aytamiz. Sababi, ular biz uchun borini berishdi, qo‘llab-quvvatlashdi. Biz ham bo‘lajak o‘yinda borimizni beramiz.

Biz Koreya terma jamoasining o‘yinlarini o‘rganib chiqqan edik. Murabbiylarimiz o‘yinni qanday olib borish, qanday taktikada o‘ynash va nechanchi daqiqada qanday o‘zgarishlar qilinishini aniq belgilab olgan edi. Biz esa murabbiylarimiz tomonidan berilgan vazifalarni bajardik.

O‘ylaymanki, bugun o‘yin jihatidan ham biz g‘alabaga haqli edik”, - dedi Rahmonaliev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Махмуд1966
16/03/2023 08:08
УФФ финални барча вилоятлар марказида очик майдонда катта экран оркали онлайн трансляция ташкил килинглар!!! Бутун узбек халкига байрам буларди!!!!

&
Махмуд1966
16/03/2023 08:06
Йигитларга койил!!!
Отабекка алохида рахмат барча ишкибозлар номидан!!!!
Финалда омад, боллар!!!
Abbos Qahhorov
16/03/2023 00:01
Malades ukalar omadilarni bersin