Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Terrens Krouford O‘zbekistonga keladi!

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Xabaringiz bor, 14 noyabr kuni "Lift Promotions" kompaniyasi tomonidan professional boks kechasi tashkil etiladi.

Xabaringiz bor, 14 noyabr kuni soat 18:00 da, Toshkent shahridagi "Humo Arena" majmuasida "Lift Promotions" kompaniyasi tomonidan professional boks kechasi tashkil etiladi.

Unda hamyurtlarimiz - Bahodir Jalolov, Shahram G‘iyosov, Lazizbek Mullajonov va A’loxon Abdullaev bilan bir qatorda, boshqa davlat vakillari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

E’tiborlisi,  o‘sha kuni boks bo‘yicha jaxon chempioni, amerikalik Terrens Krouford  "Humo Arena" da mehmon bo‘ladi. Bu haqda "Lift Promotions" Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Avvalroq, yana bir boks yulduzi Aleksandr Usik ham ushbu oqshomga kelishi ma’lum qilingandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q