Terri "Chelsi" qararidan norozi: "Menga hech kim qo‘ng‘iroq qilmadi"

  • 24.04.2026 16:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning "Chelsi" klubi Liam Rosenyorni iste’foga chiqargach, jamoa vaqtincha Kalum Makfarlen qo‘l ostiga o‘tdi. Ammo klub afsonasi Jon Terri yangi murabbiy shtabiga kiritilmaganidan qattiq noroziligini bildirdi.

"Men juda hafaman. G‘azabni his qilyapman va "Chelsi" muxlislarining tushkunligini ham tushunaman. Kalumning shtabi qanday bo‘lishini bilmayman — menga hech kim qo‘ng‘iroq qilmadi, hech qanday xabar ham kelmadi. Akademiyadagi ishimi davom ettiraman", — dedi Terri "Foot Mercato" nashriga.

Ayni paytda "ko‘klar" afsonasi bo‘lgan, klub bilan 15 ta sovrin yutib olgan Terri "Chelsi" yoshlar akademiyasida mustaqil maslahatchi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Ma’lumot uchun, u avvalroq "Aston Villa" va "Lester" klublarida murabbiy yordamchisi sifatida ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!