
Tezkor! Norchaev legionerga aylandi
Qarshining "Nasaf" klubi hujumchisi Husain Norchaev faoliyatini boshqa chempionatda davom ettiradigan bo‘ldi.
SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning ma’lum qilishicha, iqtidorli forvard "ajdarlar"ni tark etib, Rossiya klubi safiga borib qo‘shiladi. Transfer summasi 500 ming evro ekanligi aytilmoqda.
Tez orada transfer tafsilotlari oshkor bo‘lishi kutilyapti.
Fikrlar