Tokio-2020. O‘zbekistonlik sportchilarning bugungi ishtiroki yakunlandi

  • 31.07.2021 07:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm

Bugun iyul oyining so‘nggi kunida jami 9 nafar o‘zbekistonlik sportchi Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etdi. Ushbu sahifada siz sportchilarimizning qayd etgan natijalari bilan  tarzda tanishib olishingiz mumkin.

photo_2021-07-31_11-28-18-2.jpg

Vakilamiz har uch mashqlar yakuni bo‘yicha 1155 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan u ushbu dasturni 30-natijada yakunladi. Eslatib o‘tamiz, ushbu Olimpiadaga 2 ta litsenziya olgan Tohirova bungacha 10 metr masofada o‘tkazilgan dasturda ham ishtirok etgan edi.

12:01. O‘q otish. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan hamyurtimiz Muxtasar Tohirova o‘z chiqishlarini yakunladi. Bugun u 50 metrdan 3 holatda o‘q otish dasturida qatnashdi.

BOXING-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

09:05. Boks. Erkaklar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Elnur Abduraimov tojikistonlik raqibi Baxodir Usmonovdan ustun keldi va chorak finalga yo‘l oldi. Hamyurtimizni ushbu bosqichda armanistonlik Ovanes Bachkov kutib turibdi.

BOXING-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

08:51. Boks. Erkaklar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschimiz Elnur Abduraimov qo‘shni tojikistonlik Baxodir Usmonovga qarshi ringga chiqmoqda.

Endi hal qiluvchi bellashuvga +90 kg vazn toifasida Bekmurod Oltiboev va Xenk Grol tatamiga chiqdi. Afsus, Oltiboev bu safar mag‘lub bo‘ldi. Terma jamoamiz esa musobaqani ilk bosqichdayoq tark etdi.

JUDO-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

Ayollar o‘rtasida +70 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz Farangiz Hojieva niderlandiyalik raqibi Guse Stinxausga yutqazib qo‘ydi. Hisob 3:3.

JUDO-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

Afsus, erkaklar o‘rtasida -90 kg vazn toifasida hamyurtimiz Davlat Bobonov raqibi Noel van Tendga mag‘lub bo‘ldi. Hisob 3:2 ko‘rinishiga keldi.

JUDO-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

Ayollar o‘rtasida -70 kg vazn toifasida hamyurtimiz Gulnoza Matniyazova tajribali raqibi Sanne van Diykeni golden skorda mag‘lubiyatga uchratdi. Hozircha hisob 3:1, vakillarimiz oldinda.

Erkaklar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida Hikmatilloh To‘raev raqibi Tornike Tsyakadoeaeni golden skorda mag‘lubiyatga uchratdi va terma jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ayollar o‘rtasida -57 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova raqibi Sanne Verxagenga mag‘lub bo‘ldi. Hozircha hisob 1:1.

JUDO-OLY-2020-2021-TOKYO : News Photo

07:51. Dzyudo. O‘zbekiston hamda Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv boshlandi. Ilk bahsda +90 kg vazn toifasida hamyurtimiz Bekmurod Oltiboev raqibi Xenk Grolni ilk soniyalardayoq ippon bahosi bilan engdi.

Zoirov raqibini ortiqcha qiyinchiliksiz taslim qildi va chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

07:30. Boks. Erkaklar o‘rtasida -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschimiz Shahobiddin Zoirov va Kabo Verde vakili Daniel David Varela de Pina ishtirokidagi jang boshlanmoqda.

Quyida ushbu sportchilarimiz bilan tanishib olishingiz mumkin:

1.O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasiga qarshi jamoaviy bellashuvlarda ishtirok etadi.

2.Shahobiddin Zoirov (boks, erkaklar 48-52 kg) – 07:30

3.Muxtasar Toxirova (o‘q otish, ayollar) – 08:00

4.Elnur Abduraimov (boks, erkaklar 57-63 kg) – 08:51

PS: Dzyudo bo‘yicha jamoaviy bahslarda har bir terma jamoadan 3 nafar erkak, 3 nafar ayol, jami 6 nafardan dzyudochi ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!