Tokio-2020. Sharofiddin Boltaboevning keyingi bosqichdagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Hozirgina Tokio Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sharofiddin Boltaboev o‘z jangini o‘tkazdi.
Vanatulik Xyugo Kumboga qarshi tatamiga chiqqan vakilimiz jangni muddatidan oldin yakunladi. Dastlabki raunddayoq ipon bahosi evaziga g‘alaba qozongan Boltaboev keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Endi Sharofiddin nimchorak finalda bolgariyalik Ivaylo Ivanovga qarshi bahs olib boradi. Ivanov 1/16 finalda argentinalik raqibini 28 soniyada mag‘lubiyatga uchratdi.
Fikrlar