Tom Aspinal: "Jon Jons ataylab Miochichni tanladi"
Ahmadbek Eshmatov
Tom Aspinal amaldagi chempion Jon Jons va Stipe Miochich o‘rtasidagi jangni tanqid qildi.
Og‘ir vaznda vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinal amaldagi chempion Jon Jons va Stipe Miochich o‘rtasidagi jangni tanqid qildi.
"Jon Jons mendan qochdi. U atayin 42 yoshli Stipe Miochichni tanladi. Endi ularning jangi hech kimga qiziq emas", - dedi Aspinal o‘zining You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, AQSh ning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 309" turnirida Jon Jons (27-1-1 N/C) hamyurti Stipe Miochich(20-4)ga qarshi kurash olib boradi.

Izohlar (0)