Toni Kroos: "Futbolga qaytish haqida o‘ylamayman"
Toni Kroos futbolchilik faoliyatini qayta tiklash niyati yo‘qligini ma’lum qildi.
2024 yilda karerasini yakunlagan sobiq "Real Madrid" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Madridda bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida "Sportda ilhom" nominatsiyasi bo‘yicha "Laureus World Sports Awards"ni qo‘lga kiritdi.
– Futbolga qaytish haqida o‘ylab ko‘rganmiz?
– Yo‘q, rostini aytsam. Menda hech qachon bunday fikr bo‘lmagan, chunki aynan o‘zim xohlaganimdek tarzda ketdim. Bu sahifani yopdim.
Men doim karerani bundan-da yaxshiroq tarzda yakunlashning iloji yo‘q deb o‘ylardim. Keyingi bosqich esa faqat yomonroq bo‘lishi mumkin edi. Hozir menda boshqa motivatsiya va boshqa loyihalar bor. Bu bosqich men uchun muvaffaqiyatli yakunlandi va men baxtli holda ketdim, yanada yaxshiroq qilish mumkin edi degan o‘ysiz, – dedi Kroos.

Fikrlar