Top-klub APL sledit za igrokоm «Brentforda»
«Manchester Yunayted» 30 million yevro baholangan «Brentford» himoyachisi Natan Kollinzni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Football Insider nashri xabar berishicha, «Manchester Yunayted» «Brentford» markaziy himoyachisi Natan Kollinzni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Mankunianliklar 25 yoshli irlandiyalik futbolchini himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun jamoaga jalb etmoqchi.
Shuningdek, «Brentford» sardoriga «Liverpool» va «Tottenxem» klublari ham qiziqish bildirmoqda. Biroq «asalarilar» o‘z futbolchisini qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.
Kollinz joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Transfermarkt portali mutaxassislari uning transfer qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda.
Izohlar (0)