Torino PSJ hujumchisini qo‘lga kirita oladimi?
Frantsiyaning PSJ klubi hujumchisi Erik-Maksim Shupo-Moting joriy mavsum yakuniga etganidan so‘ng Italiya «A» seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
«Canal+» tarqatgan xabarlarda aytilishicha, parijliklar bilan amaldagi shartnomasi iyul oyi oxirida nihoyasiga etadigan kamerunlik 31 yoshli futbolchini «Torino» klubi tarkibga qo‘shib olmoqchi.
Turin shahri jamoasi Shupo-Motingga yillik maoshi 2 million evroga teng bo‘lgan 2 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor turibdi. Joriy mavsum Shupo-Moting barcha turnirlar doirasida 17 uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va sheriklariga 1 marta assistentlik vazifasini o‘tab berdi.
Fikrlar