Torres MYuga o‘tishi mumkin

  • 14 oktabr, 2020, 11:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vilyarreal" klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pau Torres faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Tecno

ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli futbolchini "Manchester Yunayted" o‘z safida ko‘rmoqchi. Mankunianliklar Torresni qishki transferlar davrida sotib olishni rejalashtirmoqda. Uning tovon puli 50 million evroni tashkil etadi. Unga esa "Manchester Siti" va "Barselona"dan ham qiziqishlar bor.

Torres “Vilyarreal” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 48 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!