
Toshkent viloyati derbisida AGMK g‘alaba qozondi
Superliganing 23-turidan o‘rin olgan "Metallurg" va AGMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda olmaliqliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvdagi yagona golga Aleksandr Kasyan mualliflik qildi. 18-daqiqada Shoahmedovning uzatmasidan so‘ng AGMK legioneri to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, AGMK ushbu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 43taga etkazib, ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. 10-o‘rindagi "Metallurg" hisobida esa 19 ochko mavjud.
Fikrlar