“Toshkent yozi-2019” turniri start oldi
Bugun, Xalqaro Shaxmat Akademiyasida “Toshkent yozi-2019” turniriga start berildi. Unda 250 ga yaqin shaxmatchilar dona surishmoqda.
O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mukofot jamg‘armasi 7.000.000 so‘m bo‘lgan ushbu turnirda ishtirokchilar “A” va “B” guruhlariga bo‘lingan holda harakatlanishmoqda.

Turnirga bo‘lgan qiziqishni qo‘shni respublikalardan tashrif buyurgan shaxmatchilar sonidan ham bilish mumkin.
Turnir 20 iyul kuni o‘z nihoyasiga etadi. G‘olib ishtirokchilarga medal, serifikat hamda pul mukofotlari topshiriladi.

Fikrlar