
Toshkentda 121 ming dollarlik musobaqa o‘tkaziladi!
Joriy yilning 18-28 iyun kunlari dunyoning turli mamlakatlaridan eng kuchli grossmeysterlar va yosh iqtidor egalari Toshkentda jam bo‘ladi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 121 500 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Musobaqada Arjun Erigaysi, Rameshbabu Pragnanandxa, Yan Nepomnyashiy, Rapport Rixard kabi yulduzlardan tashqari, vakillarimizdan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev, Shamsiddin Vohidov, Afruza Hamdamova va Gulruhbegim Tohirjonovalar ham ishtirok etadi.
Turnir 4 guruhda o‘tkaziladi:
Masters guruhida reytingi 2700 va undan yuqori yuqori shaxmatchilar;
Challengers guruhida reytingi 2600 va undan yuqori shaxmatchilar;
Futures guruhida reytingi 2500 va undan yuqori shaxmatchilar;
Open guruhi – ochiq musobaqa bo‘lib, barcha ishtirok etish xohishini bildirgan, musobaqa badalini to‘lagan shaxmatchilar ishtirok etishadi.
Xamidova Zeboniso
Fikrlar