Toshkentda Parij Olimpiadasiga litsenziya beruvchi Osiyo chempionati start oldi

  • 16.05.2024 16:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Gimnastika

Bugun Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlandi. Qit’amizning 23 mamlakatidan 150 nafarga yaqin atlet qatnashayotgan turnirda kattalar o‘rtasida yakkalik yo‘nalishining ko‘pkurash dasturida Parij-2024 yo‘llanmasi o‘ynaladi. 

Reglamentga ko‘ra, mazkur dasturda faqat g‘olib bo‘lgan sportchigina Olimpiada litsenziyasiga ega chiqadi. Musobaqa doirasida 16-19-may kunlari erkaklar, 24-26-may kunlari ayollar toifasidagi bahslar o‘tkaziladi. Bugun erkaklar o‘rtasida yakkalik va jamoaviy dasturdagi ko‘pkurash bahslarida medallar o‘ynaladi.

Ma’lumot uchun, hozirgi paytga qadar O‘zbekiston hisobida sport gimnastikasi bo‘yicha Parij-2024 Olimpiadasi uchun 2 ta yo‘llanma mavjud. Ushbu yo‘llanmalar Habibullo Ergashev va Rasuljon Abdurahimovga tegishli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!