
"Tottenxem" himoyachisi "Nyukasl"da tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda
"Tottenxem" qanot himoyachisi Denni Rouz yaqin vaqtlar ichida "Nyukasl" tarkibiga borib qo‘shiladi.
Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, 29 yoshli angliyalik futbolchi ayni vaqtda "Nyukasl" klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Klub futbolchini 2 million evro evaziga mavsum so‘nggigacha ijaraga oldi.
Eslatib o‘tamiz, Rouz "Tottenxem"ni bosh murabbiy Joze Mourino bilan kelishmovchilik sabab tark etmoqda.
Joriy mavsumda futbolchi APL bahslarida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar