Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Tottenxem" kerakmas yulduzga narx belgiladi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Arzoniga oladigan bormi?

«Tottenxem» qishki transfer oynasida Risharlisonni ancha arzon narxda sotishga tayyor.

Football Insider xabariga ko‘ra, londonlik klub yanvar oyida braziliyalik hujumchi uchun taxminan 15–20 million funt sterling (17,5–23,3 million yevro atrofida) talab qiladi. Yozda esa futbolchi «Everton»ga 35 million funt (qariyb 41 million yevro) evaziga qaytishi mumkin edi, ammo kelishuv oxirgi paytda amalga oshmay qolgan.

Ma’lumki, «Tottenxem» Risharlisonni Angliya Premier-ligasi o‘yinlari uchun ro‘yxatdan chiqarib tashlagan. Shu bois 29 yoshli forvard joriy mavsum davomida jamoani tark etishi deyarli aniq, degan fikrlar aytilmoqda.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 25 million yevro deb baholagan, uning amaldagi shartnomasi esa kelasi yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q