"Tottenxem" mashhur yulduzini mavsum qaydnomasiga kiritmadi
Unga kerak emasligini ochiq aytishdi
«Tottenxem» joriy mavsum uchun APL ro‘yxatiga hujumchi Risharlisonni kiritmadi. Jamoa bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi 29 yoshli braziliyalikka endi unga suyanmasligini ochiq aytgan.
ESPN ma’lumotlariga ko‘ra, klub ushbu qaror haqida futbolchini transfer oynasi yopilishidan oldin xabardor qilgan. Bu Risharlisonga yangi jamoa topish uchun vaqt berish maqsadida qilingan. Shunga qaramay, transfer muddati yakunlanguncha u «Tottenxem» tarkibida qoldi.
Futbolchining faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan asosiy yo‘nalishlardan biri — Turkiya. U yerda klublar 4 sentyabrgacha yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Insayder Fabrizio Romano bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Risharlison «Trabzonspor»ga o‘tishga juda yaqin turibdi.
Risharlison «Tottenxem» safiga 2022 yilda qo‘shilgan. U jamoa tarkibida 134 o‘yin o‘tkazib, 34 ta gol urgan va 15 marta golli pas bilan sheriklariga yordam bergan.
Izohlar (0)