«Tottenxem» «Real» va «Barselona» nishoni uchun rekord miqdorda to‘lov belgiladi

  • 15.10.2026 14:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning «Tottenxem» klubi o‘zining o‘ng qanot himoyachisi Pedro Porro transfer qiymatini 75 million funt deb belgiladi. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar bermoqda. Futbolchiga Madriddning «Real»i va «Barselona» klublari jiddiy qiziqish bildirgan.

Xabarga ko‘ra, vositachilar 27 yoshli ispaniyalik futbolchining ehtimoliy transferi borasida har ikki jamoa bilan allaqachon muloqotni boshlab yuborgan. Porroning o‘zi ham vatanidagi yetakchi klublardan biri sharafini himoya qilish g‘oyasiga yomon qaramayotgani aytilmoqda. Uning 2027 yilda jamoani tark etishi real stsenariy sifatida ko‘rilmoqda.

Yozda Porro «Tottenxem» bilan yangi besh yillik shartnoma imzolagan edi. London klubi himoyachini saqlab qolish tarafdori, biroq taxminan 75 million funt atrofidagi taklifni ko‘rib chiqishga tayyor. TEAMtalk ta’kidlashicha, bunday summa amalga oshsa, o‘ng qanot himoyachisi uchun dunyo rekordi o‘rnatiladi. Hozircha eng qimmat o‘ng himoyachi sifatida 2021 yilda PSJ 57 million funt evaziga sotib olgan Ashraf Hakimi qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» himoya chizig‘ida kutilgan o‘zgarishlar fonida Porroni nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. «Real» rahbariyati esa tarkibda Trent Aleksander-Arnold borligi va Denzel Dyumfris bilan shartnoma imzolanganiga qaramay, o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasi to‘liq yopilgani hali to‘la ishonch hosil qilmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!