
"Tottenxem" xorvatiyalik himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib oladi
"Tottenxem" yosh futbolchilar bilan shartnoma imzolashda davom etadi. Klubning keyingi nishoni xorvatiyalik Luka Vuskovichdir.
Fabritsio Romano xabar berishicha, 16 yoshli futbolchi London jamoasiga o‘tishga juda yaqin turibdi. Tomonlar kelishuvga erishib bo‘lgan. Unga bir qator klublardan takliflar bo‘lishiga qaramay, "shporlar" safida to‘p tepishni tanladi.
Vuskovich "Xayduk" a’zosi hisoblanib, o‘tgan mavsum o‘z debyutini amalga oshirgan. Shu bilan birga, jamoa tarkibida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar