TsSKA ikkiga bo‘linib o‘ynaydi
Katta sportni sog‘ingan muxlislar uchun ajoyib yangilik.
Moskvaning TsSKA basketbol klubi bugun ikkiga bo‘lingan holda o‘zaro nazorat o‘yini o‘tkazadi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur qarama-qarshilikni YouTube videoxostingi orqali jonli efirda tomosha qilish imkoniyati mavjud.
"Ko‘k"larga Andreas Pistiolis ustozlik qilsa, "qizillar"ga Anton Yudin murabbiylik qiladi.
"Qizillar": Joel Bolomboy, Ron Beyker, Mayk Jeyms, Daniil Kochergin, Nikita Kurbanov, Kosta Kufos, Xovard Sant-Ros, Yanis Strelnieks, Aleksandr Shashkov.
"Ko‘klar": Semyon Antonov, Mixail Kulagin, Andrey Lopatin, Ivan Uxov, Yoxannes Fogtmann, Kayl Xayns, Aleksandr Xomenko, Darren Xilliard, Deniel Xekett.
Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:30 da start olishi rejalashtirilgan.

Izohlar (0)