
TsSKA prezidenti: Vlashichning "Everton"dan sotib olinishida Alisher Usmonovning beqiyos xizmatlari bor
Moskvaning TsSKA klubi prezidenti Evgeniy Giner Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Nikola Vlashichni “Everton”dan sotib olinishida milliarder Alisher Usmanovning yordami katta ahamiyat kasb etganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap futbolchini sotib olishda yuzaga kelgan moliyaviy muammoda bo‘lmagan, shunchaki asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Usmonov ingliz klubi xo‘jayini bilan yaqin tanish bo‘lgani uchun Vlashichni Moskvaga qo‘yib yuborishini so‘ragan.
“Everton” bilan do‘stona munosabatlardamiz, klub xo‘jayini ham bizni doimo iliq kutib oladi. Bu borada Alisher Usmonov juda ko‘p yordam bergan.
“Everton” xo‘jayinini Alisher Burxonovich orqali taniyman. Alisher Burxonovich – mening eng yaqin insonlarimdan biri. U hamisha menga yordam beradi. Ushbu transferga ham u o‘z so‘zlari bilan ko‘maklashgan”, - deydi Giner.
Fikrlar