«TsSKA» raqiblarini "yanchib"tashlamoqda
Rossiyada mintaqaviy xokkey ligasi tomonidan doimiy tarzda o‘tkazilib kelinadigan chempionatda «TsSKA» jamoasi safarda «Vityaz» darvozasini etti marotaba ishg‘ol etdi.
«Amur» va «Avangard» uchrashuvi 0:4 hisobida yakunlangan bo‘lsa, «Admiral» hamda «Sibir» bahsida 2:3 hisobi qayd etildi. Kutilmaganda «Traktor» o‘z uyida «SKA»ga 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Teng kurashlar ostida o‘tgan «Kunlun» va «Yugra» jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shuningdek, chempionatda «Avtomobilist» – «Dinamo Minsk»ni 2:0, «Metallurg Mg» – «Lokomotiv»ni 4:1, «Lada» – «Dinamo Moskva»ni 3:1 hisobida engdi.

Izohlar (0)