Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Tszyu navbatdagi g‘alabasiga erishdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

U Jeff Xornni mag‘lub etdi.

Avstraliyaning Taunsvill shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Uning markaziy jangida o‘z vaqtida Menni Pakyaoni mag‘lub etib, WBO kamarini qo‘lga kiritgan Jeff Xorn hamda rossiyalik afsonaviy Konstantin Tszyuning o‘g‘li Timofey o‘zaro jang olib bordi. Ushbu to‘qnashuv yarim o‘rta vazn toifasida bo‘lib o‘tdi. O‘rtaga IBF Australasian va WBO Global chempionlik kamarlari tikilgan edi. Mazkur jang 8 raund davom etdi. Chunki, ushbu raundda juda kuchli zarbalarni o‘tkazib yuborgan Xorn 9-raundga chiqishni istamadi va g‘alaba Tszyu hisobiga yozildi. 

Shunday qilib, Tszyu faoliyatidagi 16 g‘alabasini qo‘lga kiritib, mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirmoqda. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q