Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Tuxel: «Keyn "Bavariya"da yangi bosqichga ko‘tarildi»

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Garri Keyn Chexiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushsa, Angliya terma jamoasi uchun 125-oʻyinini oʻtkazib, Piter Shilton rekordiga yettiradi.

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa sardori Garri Keyn haqida fikr bildirib, uning milliy terma jamoa safida 125-o‘yini o‘tkazishi mumkinligini eslatib o‘tdi. Agar Keyn maydonga tushsa, u ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Piter Shilton bilan tenglashadi.

«Rostini aytsam, endi u haqida yangi gap topish qiyin. U “Oltin to‘p” uchun da’vogarlar orasida. Biz uni shunchalik ko‘p maqtadikki, endi yangi ibora topishning o‘zi ma’nosizdek. U nima qilsa, eng yuqori darajada qiladi va eng muhimi – bunga doimiy ravishda erishadi. Ishonchim komilki, u birinchi bo‘lib mashg‘ulot maydoniga chiqadi, jamoani qizish paytida ham boshqaradi.

“Bavariya”da muhim yetakchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olganidan beri u yana bir pog‘onaga ko‘tarildi. Bu eng yuqori saviya – ham maydonda, ham maydon tashqarisida», – dedi Tuxel.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q