Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Tuxel shogirdlarining oʻyinini qanday baholadi?

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Terma jamoa mag‘lubiyatdan keyin zafar quchdi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel UEFA Millatlar ligasida Chexiyaga qarshi oʻyindan (2:0) keyin oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Angliya terma jamoasi safarda oʻtgan bellashuvda Entoni Gordon va Harri Keyn urgan gollar hisobiga gʻalaba qozondi. Gordon 47-daqiqada hisobni ochgan boʻlsa, Keyn 69-daqiqada ustunlikni mustahkamladi. 25-daqiqada Chexiya tarkibida Pavel Shults maydondan chetlatilib, mezbonlar bir oʻyinchi kam boʻlib qolishdi.

«Oʻyinga juda professional yondashdik, ikkinchi boʻlimda esa oʻyin surʼatini yanada oshira oldik. Bu – munosib gʻalaba. Raqibning erta olingan qizil kartochkasi tomoshaboplikka unchalik foyda bermadi, lekin biz oʻz uslubimizda oʻynashda davom etdik va ishni gʻalaba bilan yakunladik – eng muhimi shu», – deya taʼkidladi Tuxel ITV telekanaliga bergan intervyusida.

3 oktyabr kuni Angliya terma jamoasi safarda Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q