Tuxel: Tarkibni kuchaytirishga harakat qilamiz
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Myunxen klubi yanvar oyida o‘z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirayotganini tasdiqladi.
"Bu borada ishlayapmiz, tarkibni kuchaytirishga harakat qilamiz. Yanvar oyida xalqaro turnirlar tufayli bir necha hafta davomida ko‘plab o‘yinchilarni yo‘qotamiz", - dedi myunxenliklar ustozi.
Qayd etish lozim, yozda "Bavariya"ni Mane, Gravenberx va Pavar kabi tajribali futbolchilar tark etgandi.
Fikrlar