Tuxelning maqsadi ma’lum

  • 8 may, 2024, 19:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel kelajagi borasida bir qarorga keldi. Germaniyalik murabbiy kelayotgan yozda "Bavariya"ni tark etadi.

"Sky Sports" nashri xabariga ko‘ra, 50 yoshli mutaxassis "Manchester Yunayted"ni boshqarishni xohlamoqda. "Qizil iblislar" mavsum oxirida Erik ten Xagni iste’foga chiqarishi kutilmoqda. Avvalroq Tuxelning o‘zi ham Angliya Premer-ligasida ishlashni xohlayotgani haqida gapirgan edi. Tomas faoliyaiti davomida "Chelsi", PSJ, "Borussiya D", "Maynts" kabi grandlarda ishlagan.

APLning 35-turdan so‘ng "Manchester Yunayted" 54 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. 12 may kuni ten Xag jamoasi "Old Trafford"da Londonning "Arsenal" jamoasini qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun tunda "Real" va "Bavariya" o‘rtasida Evropa chempionlar ligasi yarim final javob bahsi  bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!