
U-17 JCh. Dastlab 2 ta gol o‘tkazib yuborgan vakillarimiz yakunda 1 ochkoni qo‘lga kiritdi
17 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Ispaniya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda tomonlar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
Dastlab, Oyana 10-daqiqada hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay Uruel oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Birinchi taym so‘nggida Shukurullaev javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. 53-daqiqada esa Saidov hisobni tenglashtirib qo‘ydi.
Ushbu o‘yindan keyin O‘zbekiston 4 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. Ispaniya esa peshqadam bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, pley-offga eng yaxshi 3-o‘rin egalari ham chiqadi.
Fikrlar