Uayt Toni Fergyusonga raqib topdi

  • 16 sentabr, 2020, 17:27
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uayt Toni Fergyusonning "UFC 254" doirasida Dastin Porega qarshi jangni saqlab qolish haqidagi murojaatiga javob berdi.

Tecno

Avvalroq, Fergyuson gonorar kamligi tufayli, jang qilishdan bosh tortgan Dastin Porening pullarini to‘lab berishni so‘ragandi.

"Fergyuson-Pore jangi haqida gapirishga endi hojat yo‘q. Men allaqachon boshqa raqib topishimni aytganman.

Toni hali bu jangni qabul qilmagan, ammo qabul qiladi. U rad etadi, deb o‘ylamayman.

Menga Dastin yoqadi, u haqida ortiqcha yomon gap aytmayman. U yaxshi yigit. Balki, u Abi-Dabida jang qilishni xohlamagandir yoki boshqa biron sabab bo‘lganmi, bilmayman. Shunchaki, u jang qilishni istamadi. Jangdan voz kechishning ko‘plab usullari mavjud va muzokaralar ulardan biridir. Aynan qanday sabablarga ko‘ra, u jangni bekor qilganligini faqat uning o‘zi biladi," - dedi Uayt.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!