Uch superklub 18 yoshli hujumchini talashib qoldi
Afrika kubogining amaldagi g'olibi Senegal terma jamoasining 18 yoshli hujumchisi Ibrohim Mbaye Evropaning qudratli klublari o'rtasida talash bo'lmoqda.
Bu futbolchi yaqinda yakunlangan Afrika Millatlari kubogidagi muvaffaqiyatli o'yinidan keyin xorij klublari nazariga tushdi.
Jurnalist Florian Plettenberg ma'lumotiga ko'ra, “Chelsi” va “Aston Villa” 18 yoshli iste'dod uchun kurashga kirishgan. Ibrohim Mbayening transfer huquqiga egalik qiluvchi “Pari Sen-Jermen” hujumchini o'z tarkibida olib qolmoqchi va uni Angliya klublaridan himoya qilmoqchi.
Futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi va klub uni jamoada saqlab qolish uchun yangi bitim taklif qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Joriy mavsumda Mbaye PSJ safida barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda qatnashib, bitta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
Xalqaro maydonda ham u o'z salohiyatini namoyon qildi. Senegal terma jamoasi safida Afrika Millatlari kubogida asosan zahiradan maydonga tushib, oltita o'yinda ishtirok etdi, bitta gol urdi va ikkita assist qildi.
Fikrlar