Uchta APL klubi «Inter» hujumchisini nishonga oldi

  • 11.09.2026 13:30
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Inter» (Milan) tarkibida to‘p surib kelayotgan fransuz hujumchisi Markus Tyuramga Angliya premyer-ligasi klublari ko‘z tikib qo‘ygan. Bu haqida Football360 nashri jurnalisti Ekrem Konur xabar berdi.

 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 29 yoshli forvardni o‘z safiga qo‘shib olish istagida «Tottenxem», «Nyukasl» va «Aston Villa» klublari bor. Shu bilan birga, hozircha ushbu jamoalardan birortasi rasmiy taklif yo‘llamagan.

 

Xabarda ta’kidlanishicha, «Inter» Tyuramni jamoaning muhim figurasi, deyarli almashtirib bo‘lmaydigan o‘yinchisi sifatida ko‘radi va uni sotishni rejalashtirmayapti. Biroq taxminan 60 million yevro atrofidagi taklif klub rahbariyatini o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilishi mumkin.

 

Markus Tyuram joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida uchta o‘yinda maydonga tushib, bir bor gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!