UEFA “Galatasaroy”ni jazoladi
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, tashkilot "Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 finalining safar o‘yiniga "Galatasaroy" muxlislariga chipta sotishni taqiqash to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Shuningdek, klub 40 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi.
Jazo 25 fevral kuni Turinda bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi "Yuventus"ga qarshi o‘yinda "Galatasaroy" muxlislarining xatti-harakatlari bilan bog‘liq. O‘yin davomida turk jamoasi muxlislari pirotexnika vositalaridan foydalanishdi, tartibsizliklar uyushtirishdi va maydonga begona buyumlarni uloqtirishdi.
"Liverpul" va "Galatasaroy" o‘rtasidagi o‘yin 18 mart kuni bo‘lib o‘tadi. YEChL 1/8 finalining dastlabki o‘yini 10 mart kuni Turkiyada bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar