UEFA rahbari Rossiya klublari xalqaro maydonga qachon qaytishini aytdi

  • 18 sentabr, 2023, 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Rossiya terma jamoalari va klublari faqatgina Ukraina bilan urush harakatlari to‘xtatilganidan keyin xalqaro maydonga qaytishi mumkinligini aytdi.

Tecno

- Rossiya Evropa musobaqalaridan qachongacha chetlatilgan? Ukrainadagi urush tugagunicha. Shundan keyingina ular qaytadi, - dedi Cheferina Serbiyaning Sportklub nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoalari va klublari ushbu mamlakat 2022 yilning fevralida Ukrainada maxsus harbiy amaliyot boshlaganidan keyin xalqaro musobaqalardan chetlatilgan edi.

Shundan beri ekspertlar va muxlislar Rossiya futbol ittifoqini Osiyo yoki Afrika futbol konfederatsiyalariga qo‘shilishini muhokama qilib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!