
UEFA Superkubogi. "Real" va "Ayntraxt" o‘rtasidagi uchrashuvda ishlaydigan hakamlar nomi ma’lum
Evropa Superkubogi "Real" - "Ayntraxt" o‘yinini boshqaradigan hakamlar nomi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, bellashuvni Maykl Oliver (Angliya) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Unga qanotlarda Styuart Bart va Simon Bennet (ikkalasi ham Angliya) assistentlik qiladi. To‘rtinchi hakam sifatida Donatas Rumshas (Litva) nomi keltirilgan.
Shuningdek, VARda polshalik Bartosh Frankovski va portugaliyalik Tyago Bruno Lopes Martins ish olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Superkubok 10 may kuni 00:00da start oladi. Bellashuv Finlyandiya poytaxti Xelsinki shahridagi "Olimpiya" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar