Asosiy mazmunga oʻtish

MMA

UFC. Chempion vaznini o‘zgartiradi

Izohlar: 0

Adesanya Uittakerning rad javobi sababli, Blaxovichga qarshi jang qilmoqchi.

UFC o‘rta vazn toifasining chempioni Isroil Adesanya yarimog‘ir vazn toifasining chempioni Yan Blaxovichga qarshi jang qilish uchun o‘z vaznini o‘zgartirmoqchi.

"Uayt menga Adesanya bilan uchrashganligi haqida aytib o‘tdi. Suxbat davomida Adesanya yarimog‘ir vazn toifasiga o‘tib, Blaxovichga qarshi jang qilmoqchi ekanligini ta’kidlagan", - deb xabar berdi jurnalist Brett Okamoto.

Keyinchalik, Uayt matbuot anjumanida Adesanya vaznini o‘zgartirmoqchi ekanligini tasdiqladi. UFC rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bunga Robert Uittaker bilan kechgan muzokara sabab bo‘lgan.

"Uittaker u bilan jang qilmoqchi emasligini aytdi. Bu men eshitgan eng ahmoqona qarorlardan biri bo‘ldi", - dedi Uayt.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q