"Uimbldon". 20 yoshli Alkaras qariyb 5 soat davom etgan finalda Jokovichni mag‘lub etdi

  • 17.07.2023 17:15
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis

Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" musobaqasining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tajribali Novak Jokovich hamda tobora yorqinroq porlayotgan Karlos Alkarasga qarshi kortga chiqdi. 4 soatu 42 daqiqa davom etgan bahs ispaniyalik raketka ustasining 5 setdagi dramatik g‘alabasi bilan yakunlandi, 1:6, 7:6(8:6), 6:1, 3:6, 6:4.

Shu tariqa, 20 yoshli ispaniyalik tennischi faoliyati davomidagi ikkinchi "Ulkan toj"ini qo‘lga kiritdi. U bundan avval 2022 yilgi Amerika ochiq chempionatida zafar quchgandi.

wimbledon

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!