Ukraina jahon chempionatiga mezbonlik qilishi mumkin
Ukraina to‘rtinchi davlat sifatida da’vogarlar qatoriga qo‘shilishi mumkin.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) matbuot xizmati Ukraina 2030 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish uchun da’vogarlar ro‘yxatiga qaytishi mumkinligini ma’lum qildi.
"Ispaniya va Portugaliya federatsiyalari Ukraina futbol assotsiatsiyasi va uning prezidenti to‘rtta davlat birgalikda nomzodlik kiritish uchun hozirda duch kelayotgan qiyinchiliklarni engib o‘tishiga umid qilmoqda", - deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya va Portugaliya bilan qo‘shma arizada Ukraina o‘rnini Marokash egallagan edi.


Izohlar (0)