Ukraina terma jamoasining 2 nafar futbolchisi A Seriya grandi e’tiboriga tushdi

  • 16 iyun, 2021, 16:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Dinamo" Kiev klubi hamda Ukraina terma jamoasi himoyachilari - Ilya Zabarniy va Denis Popov faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Areanapoli.it tarqatgan xabarga qaraganda, ukrainalik futbolchilarga "Napoli"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Neapolliklar ushbu futbolchilarni joriy yozgi transferlar davridayoq tarkibga qo‘shib olmoqchi.

Zabarniyga shuningdek, Londonning "Chelsi" klubi ham xaridor. “Aristokratlar” uning transferi uchun kievliklarga 10 mln evro to‘lashga tayyor. Popov esa "Milan"ning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan.

18 yoshli Zabarniy ortda qolgan mavsum "Dinamo" safida jami 36 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. 22 yoshli Popov 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!