Ulug‘bek Rashitov va boshqa taekvandochilarimiz keyingi bosqichga yo‘l oldi!

  • 27 sentabr, 2023, 10:36
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Taekvondo WT bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) Osiyo o‘yinlarini g‘alaba bilan boshladi. Gonkonglik Fung Loga qarshi bahs olib borgan hamyurtimiz ikki raundda 14:1 va 16:4 hisoblarida ustun keldi. E’tiborlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining g‘alabali ishtiroki davom etmoqda.

Jasur Jaysunov (-80 kg) hamda Feruza Sodiqova (-67 kg) ham dastlabki janglarini muvaffaqiyatli o‘tkazishdi. Jaysunov quvaytlik Bandar Alenezini, Sodiqova esa tailandlik Sasikam Tongchanni mag‘lubiyatga uchratib, chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!