Umar Nurmagomedov juda xafa!
UFCning o‘ta engil vazn toifasidagi dog‘istonlik jangchisi Umar Nurmagomedov(16-0) navbatdagi raqibini topishdagi qiyinchiliklardan shikoyat qilishda davom etmoqda.
"Achinarli. Siz butun umringizni sport zalida o‘tkazasiz va buning uchun hech qanday mukofot olmaysiz. Agar kimdir jang qilmoqchi bo‘lsa, men ham tayyorman", – deb yozgan Nurmagomedov X da.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli Nurmagomedov o‘tgan yilning yanvar oyida Raoni Barselos(17-5)ni nokautga uchratganidan beri oktagonga chiqmadi.

Fikrlar