Umtiti "Barselona"ga o‘z xizmatini taklif qildi

  • 25.03.2023 18:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Samyuel Umtiti faoliyatini "Barselona"da davom ettirish niyatida. 

Joriy mavsumda 29 yoshli himoyachi "Lechche" safida ijara asosida to‘p tepayotgandi. U Kataloniya klubiga qaytishni rejalashtirmoqda. "Barselona" moliyaviy qiyinchilik davrida futbolchi sotib ololmasa, frantsuz o‘z xizmatini "ko‘k-anorranglilar"ga taklif qiladi. 

Taxminlarga ko‘ra, "Barsa" futbolchining joriy mavsumdagi o‘yinidan qoniqish his qilmoqda, ammo ayni paytda u bilan hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmayapti. Unga yangi jamoa topish zarurligi haqida xabar berilgan. 

Qayd etish lozim, Samyuelning "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!