
Uning Grilishdan kam joyi yo‘q
Ukrainaning "Shaxtyor" klubi qanot himoyachisi Mixail Mudrik Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi yaxshi o‘yinlari evaziga Evropaning grand klublari e’tiborini tortdi.
"Konchilar" o‘zining eng iqtidorli futbolchisini sotishga tayyor, biroq ukrain klubi u orqali katta miqdordagi pul ishlab olmoqchi.
"Mudrikni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klub katta pul to‘lashi kerak bo‘ladi. Aks holda, prezidentimiz uni sotmaydi", — dedi "Shaxtyor" direktori Dario Srna.
"Siti" Jek Grilish uchun 100 million evrodan ko‘proq pul to‘ladi, Mudrikning saviyasi undan past emas", - deya qo‘shimcha qildi ukrain klubi vakili.
Fikrlar