Universiada-2019. Tennischilarimiz dastlabki raqiblarini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratishdi

Italiyaning Neapol shahrida yozgi Universiada o‘yinlari davom etmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada to‘rt nafar o‘zbekistonlik tennischi talabalar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.

Kecha,6 iyul kuni yakkalik bahslarida Humoyun Sultonov ikkinchi davrada Shri Lanka vakili Yashitxu De Silvani 6:0, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Sanjar Fayziev ikkinchi davradagi raqibi meksikalik Kevin Jek Karpinteradan 6:2, 6:1 hisobida ustun keldi.

Qizlar o‘rtasida yakkalik bahslarida Kamila Umarova filippinlik Erin Lans Dela Krusni 6:0, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bugun portugaliyalik Deniel Rodrigesni 6:1, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Humoyun Sultonov musobaqaning to‘rtinchi davrasi yo‘l oldi. Boshqa vakillarimiz ham bugun uchinchi davra o‘yinlarida ishtirok etishadi. Shuningdek, Sanjar Fayziev va Humoyun Sultonov juftligi o‘z o‘yinlarini boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!