US open: Rojer Federer yurishini boshladi
Zohir2018
Ilk uchrashuv qiyin o‘tdi
Shveytsariyalik tennischi Rojer Federer "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Amerika ochiq chempionatining birinchi davrasida hindistonlik Sumit Nagalga qarshi bahs yuritdi.
To‘rt set davom etgan o‘yinda Rojer raqibini 4:6, 6:1, 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Shu tariqa R.Federer nufuzli musobaqaning ikkinchi bosqichida bosniyalik Damir Jumhurga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi.

Izohlar (0)