Uslubsiz va "murabbiysiz" "kichik mundial"da ishtirok etgan terma jamoamiz
Pep Gvardiola "Leyptsig"ga qarshi uchrashuvda penta-trik qilgan Xolandni zaxiraga olib tashlaydi. Bundan norvegiyalik futbolchining jahli chiqadi. Uchrashuvdan so‘ng Pepdan o‘zgarishning sababini so‘rashganida: "U hozirdanoq hamma rekordlarni yangilab tashlasa, motivatsiyasi qolmaydi", deya javob bergandi. To‘g‘ri gap va oqilona qaror. Asosiy va o‘zimzni mavzuga qaytamiz. 20 yoshlilarimizga muxlislik qilishimiz kerak, ammo natijani u qadar ham yurakka yaqin olish shart emas. Bu futbolchilar hozirdan katta yutuqlarga, mashina va rag‘batlarga to‘yib qolsa, futbolimizda doimgidek ijrochilar tanqisligi davom etaveradi. O‘zingiz bilasiz, bunday holatning ko‘p bora guvohi bo‘lganmiz.
Avvalambor, hammani xotirjam bo‘lishga chaqirmoqchiman. Bu 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati. Tushunyapsizmi? Jahon chempionati! Nimchorak final. Yomon ko‘rsatkich emas. Ikki Osiyo vakili guruh bosqichida ham qolib ketdi. O‘zimizni boshqalar bilan solishtirmoqchi emasman, ammo ba’zan noshukr ekanligimiz ham bor gap. Ha, futbolchilarimiz charchab qoldi. Jismoniy tomondan kuchimiz etmadi va raqib ayorlik evaziga bizni taslim etdi. Meni boshqa savol qiynayapti. Nahotki, bizdagi bir shaxs shu holatni inobatga olmagan bo‘lsa, deb hayron qolyapman. Axir, ko‘p emas 2-3 kun oldin Isroil Yaponiyaga qarshi o‘yinda ham nimalar qilganini bilar edi-ku?
Bu termamizdagi futbolchilarning potentsialini e’tirof etish darkor. Har bir pozitsiyada o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lgan iqtidor egalari bor. Abbosbek Fayzullaev, Umarali Rahmonaliev, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, Shahzod Ne’matjonov, Nodirbek Abdurazzoqov kabi texnik tomonlama kuchli futbolchilar Osiyo Kubogida ham va Argentinadagi "kichik mundial"da ham asqatdi. Aynan butun o‘yin ularning hujumdagi kreativi ustiga qurildi. Himoyachilarning hujumga o‘tish holatlari va jamoaviy futbol elementlari juda kam. Buning uchun men Ravshan Haydarovni yaxshigina tanqid qilgan bo‘lardim. Ha, hozir aynan shunday qilaman. To‘g‘ri, futbolchiga erkin o‘ynash imkonini bergani yaxshi, ammo bu erkinlik kimningdir foydasiga ishladi va kimningdir zarariga. Misol uchun, Abbosbek haqiqiy talantligi bilan bir qatorda katta o‘yinlar tajribasini ham ko‘rgan yigit. Qaerda qanday haraka qilishni biladi. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov va Nodirbek Abdurazzoqovga bo‘layotgan munosabatni esa o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Agar bu futbolchilar ruhan kuchli bo‘lmasa, sinib ketishi hech gap emas. Menimcha, bu erkinlik qandaydir uslub qorishmasi bilan amalga oshganda, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Biroq Osiyo Kubogida ham, Jahon chempionatida ham natijalar fonida muammolar qolib ketaverdi. Murabbiy jamoani o‘z holiga solib qo‘ygan.
Natijalarda murabbiyning o‘rni katta. Jamoaga u o‘z qarashlari va taktik sxemasini singdirishi kerak bo‘ladi. Shunchaki, to‘g‘ri tarkib tanlab berishni mana shu maqolaga komment yozayotgan (futbolni yaxshi tushunadigan) muxlis ham eplay oladi, nazdimda. Hozirdanoq bu futbolchilar uslublarga moslashuvchan bo‘lishi lozim. Shuningdek, tartibning ahamiyatini ham his qilishi kerak. Sababi, katta futbol umuman boshqa daraja.
Termamiz yigitlarini zarracha ayblamoqchi emasman. E’tirozlarimning barchasi futbolchilarni xalqqa "qora" ko‘rsatib qo‘ygan murabbiy va kecha g‘alabalardan zavq olib, bugun og‘zini to‘ldirib, "shirin so‘zlar" aytayotgan unutuvchi muxlisga. Kim uchun qanday bilmadim, men uchun bu yigitlar Osiyodagi tengqurlari orasida eng talantlilari. Agar ular o‘z ustida ishlashda davom etsa va haqiqiy murabbiylardan futbol saboqlarini olsa, kelajagimizdan ko‘nglimizni to‘q qilsak ham bo‘laveradi.
Xudayqulov Karim maqolasi
Fikrlar
Бирок, йигитларнинг спорт формалари жойида эмаслиги, Исроилнинг бир таймига етадиган кучимиз борлиги билиниб колди.
Вахолангки, бефаросат мураббийлар штабидаги ковунлар бунинг учун режа ишлаб чикишлари ёки натижа курсатадиган футболчиларга ишонишлари керак эди. (Узининг эркатойларига эмас).
Холдорхоновни бунака беухшов харакатларини куриб, ёкамни ушладим кеча. У футболни энди уйнаётган товукка ухшарди.
Файзуллаев бир-икки харакат килди, караса олдида тула товуклар. У хам боре деди.
Мураббийимизга умуман гап йук. Химояланаётган жамоанинг хужум чизигини алмаштириш билан овора товукмия.
Холдорхонов синиб булганини, бутун Узбекистон телевизор оркали куриб, тушуниб турибди. Лекин, бу далбаёб мураббий тушунмади.
Марказни ушлаб турган футболчиларни нимага олиб ташлади, халигача аклим етмаяпти.
Мен бор-йуги, Хусанов билан Эсоновнинг мехнатига ачиндим холос.
Афсус, бизда футболда киладиган ишларни бошлашдан олдин, мураббий танлашниям жойига куйишимиз керак шеклли....
Кискаси Р.Хайдаров бизни даражамизга мос мураббий. Яъни Осиёча фикрлайдиган, уртача даражадаги мураббий.
Катта мусобакаларга унинг товукмия фаросати етмайди. Бундан хафа булиш йук....
100 % хакикат!
Хайдаровнинг билими ва духи етмади