
Vadim Nemkov oktagonga qaytmoqda
Bellatorning sobiq chempioni, rossiyalik aralash jang san’ati ustasi Vadim Nemkov (18–2) dekabr oyidagi yirik turnirda ishtirok etadi. Jang 13 dekabr kuni Frantsiyaning Leon shahrida o‘tkaziladi.
Vadimning raqibi — PFL ning og‘ir vazn (120 kg) toifasida sobiq chempion, braziliyalik Renan Ferreyra (11–5) bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Nemkov professional MMA da 2013 yildan buyon ishtirok etmoqda. Vadim 2020 yil avgust oyida Bellator yarim og‘ir vaznida chempionlik kamari uchun jangda Rayan Beyderni nokaut bilan mag‘lub etgan va undan keyin 4 marta titul himoyasini o‘tkazgan. U 2024 yildan og‘ir vazn toifasida ishtirok etmoqda. Ferreyra esa 35 yoshda. U 2014 yilda professional MMA ga kirib kelgan va 2021 yildan buyon PFL turnirlarida ishtirok etib kelmoqda.
Fikrlar