Van Basten: "Vini jon-jon deb yiqildi"

  • 15.12.2025 17:33
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Niderlandiya" terma jamoasi va "Milan" klubi afsonasi Marko van Basten kechagi uchrashuvda "Real" foydasiga belgilanmagan penaltiga munosabat bildirdi.

"Aslini olganda bu penalti emas edi. Albatta, kontakt bor bo‘lishi mumkin, biroq Vinisiusning o‘zi shu narsani kutib turgan edi. Raqib unga teginishi bilan jon-jon deb maydonga yiqildi. Uning yiqilishiga raqibning zarbasi yoki qo‘pol o‘yini ta’sir qildi deb hisoblash ahmoqlik edi", - dedi sobiq futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning 88-daqiqasida Vini raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq bosh hakam penalti belgilamadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!